Cherreads

Chapter 8 - Orange

Agarda, agarda bu tashvishlar meni boshimda boʻlmaganida. Bilmadim boshqasi chiday olarmidi. Eee barchasidan toʻyib ketdim men shuncha mehnat qilsamu ammo. Brons boshligʻi qandaydur yosh qiz boʻlsa yoʻq yoʻq. Bunaqasi ketmaydi men bunga yoʻl qoʻymayman. Agar qonunan men bu shaharni ola olmasam unda men bu yerni egallab olaman. Albatta albatta shu ishni qilaman!

Deb oʻylasi Hirmust.

Bu vaqtda esa Arturni doʻkonga tavar olib kelish yoʻliga. Netzer bilan askarlarni joylashtirish boʻyicha ish olib borishayotgan edi. Netzer- janob Artur menimcha har 10-15metrga bitta qoʻysak ham askarlar yetsa kerak. Baribir qishloq bilan shahar markazidagi doʻkon masofasi. Unchalik ham uzoq emas. Qaroqchilar soni esa 100dan oshadi.

Artur- yoʻq bunaqasi ketmaydi. Qaroqchilarni men koʻrdim unchalik ham yaxshi holda deya olmayman. Shu sababli ham mening fikrimcha ularni oldiniga kamida 2-3oylik mashgʻulotlardan oʻtkazish kerak.

Artur- bir oz atrofga termulib. Ertaga sen ham Netzer mashgʻulotlarga chiq. Yana semirib ketmagin kamida yugurib turgin deb biroz jiddiy aralash hazil qilib qoʻydi.

Netzer- ha yaxshi yaxshi agar men chiqsam ular ham ortimdan chiqishadi.

Shu tariqa askar qoʻyish haqidagi muzokara boshlaniboq yakun topdi.

Artur faqat bitta doʻkonga qarab qolishni reja qilmayotgan edi. Chunki hali ham doʻkondan keladigan daromad hisob kitobga koʻra. Unchalik ham ulkan emas edi. Bundan tashqari Alexiyadan olingan katta qarz ham bor.

Shu sababli ham Artur uyda biroz oʻylanib qoldi va Reyn imperiyasining boshqa hududlaridan yordam olish gʻoyasi uning miyyasiga kelib oʻrnashib oldi. Ammo qayerdan ahir hech qaysi joy oʻoʻ janob Artur keldingizmi oʻzi sizni kutib turgan edik. Mana bizning konlar barchasini qazib olavering deyishmaydi.

Huddi Salom mehmon oʻzi siz yetishmay turgan ediz degan pching soʻzni jiddiy qabul qilib boʻlmagani. Singari qaysidur hududga borsam doʻstlashib ketaman deyishni ham jiddiy qabul qilib boʻlmaydi.

Hamma ish bilan band boʻlib turgan joyda Artur oʻzini dangasa seza boshlayotgani yana bir muammo edi. Shunda Artur uyi eshigi taqillab qoldi.

Artur- gʻalati kim ekan hamma ishda boʻlsa. Klavus konchillarga ovqat tashlash uchun ketgan, Netzer esa doʻkon yonida patrullik qilyabdi, Mirinda esa 2-etajda davolanyabdi, Rina esa qishloqda patrullik qilyabdi ammo u nimamdur qolib ketibdi deb kelishiga ishonmayman toʻgʻrisi.

Unday boʻlsa kim ekana. Deb eshik ochdi

Tashqarida esa Legend Gron va Lina turar edilar.

Legend- oʻoʻoʻ Artur yangi uy oldingmi! Nega bizni mehmonga chaqirmading?

Artur ularni koʻrib bir oz kayfiyati oshdi va uyga taklif qildi.

Stul ustida sekin ammo qiziqarli suhbat boshlandi.

Legend- yaqinda shahardagi yuqori zodagonlardan biri bilan gaplashgan edim. U meni ishga taklif qildi, shu sababli ham men sizlar bilan koʻrisha olmadim. Ammo siz ancha bekorchi koʻrinasiz bir ogʻiz hol ahvol soʻrab kelsangiz boʻlar edi. Menimcha!

Artur- ichida- menimcha Legend bizni allaqachon doʻst deb qabul qilib olgan. Bu yaxshi emas bunday urush dunyosida har kim bilan ham doʻst boʻlib ketib boʻlmaydi.

Gron gapga qoʻshilib- Bilasizmi menda ham oʻzgarishlar bor. Misol uchun temir qoʻllar boshida juda noqulay edi. Hozir esa oʻrganib qoldim. Bundan tashqari bu qoʻllar odatiy qoʻllarimdan ancha qattiq ekan.

Lina- oʻzi ular temirda shu sababli ham qattiq deya qoʻshimcha qilib qoʻydi.

Lina- ha aytgancha men dushman frontlari boshqacharoq qurol ishlab chiqarish uchun borini berib harakat qilayotganini eshitdim. Bu rostmi?

Legend- bilmadim men hali guvoh boʻlmadim menimcha faqat harakat bilan cheklanishyabdi. Aniq ishlar mavjud emas menimcha.

Bu gaplar Arturni hayratga solib oʻrnidan turgʻazdi va Artur- Lina bu haqida koʻproq aytib bera olasanmi. Bunga evaziga 1tilla beraman.

Lina- nimalar deyabsan shunday ham aytaveraman. Pulingni joyiga solib qoʻy baribir nima haqida gapirishni bilmay turgan edim. Ammo bu narsa seni bu darajada hayron qoldiradi deb oʻylamagan edim.

Lina- Yaxshi unda eshit. 3kun olidin razvedka shtabiga hisobot topshirish uchun borgan edim. U yerda esa odamlarning barchasi shu haqida gapirishayotgan edi. Boshida uncha qiziqmadim ammo hisobotim javobi chiqqunicha ularni eshitib turdim. Va bu qandaydur noodatiy tuyuldi.

Eshitishimcha 1-front askarlari oldinga siljish uchun. Oʻzlarida kuch topa olmayabdi bunga razvedka hodimlari Reyndagi Cheksiz yer sindromi sabab boʻlyapti deb eshitdim. 1-front Dushman kuchlarining oliy Generali shunday buyruq bergan ekan. Bayonotga koʻra Reny imperiyasiga qarshi frontni olinga siljitish va urushdan foydalanib Reynning hududini koʻproq egallab olish uchun ruhiy kuch kamchiliklarini bemalol qoplay oladigan narsa oʻylab topish buyurilgan.

Ammo bilamizki 1-frontdagi qirollik monarxlari zodagonlari bunga yoʻl qoʻymaydi va bu narsa faqat qogʻozda qolib ketadi. Chunki ular qilich va nayza savdosidan juda koʻp pul topishadi. Agar yangi qurol chiqsa zodagonlar tezda kasbiy boʻladi.

Artur- demak shu sababli ham aytmoqchisanmi 1-frondagi qurollik hech qachon yangi qurol ishlab chiqara olmaydi shundaymi?

Lina- ha ayni shunday.

Artur rahmat aytib berganing uchun. Bu shunchaki menga qandaydir boshqacha qiziq tuyuldi. Deb suhbatni yakunlab qoʻydi. Ammo Artur ichida juda havfli rejani oʻylayotgan edi.

Shu tariqa quroldoshlar shuhbati ancha choʻzila boshladi. Legendning yemagan hazillaridan tortib Gronning yangi qoʻlini maqtanishigacha. Suhbatni ancha muncha choʻzib yubordi. Ammo oxir baribir tugadi.

Legend- mayli yaxshiqol Artur biz yana bir necha kunda keyin kelamiz. Deya chiqib ketishdi.

Shu onda Mirinda 2-qavatdan pastga tushib. Agar ular suhbati yana biroz choʻzilganida. Zerikishdan oʻzimni osib qoʻyar edim. Artur yaxshiyamki sen chiqmadim.

Lekin nega men ularga koʻrinmay turishim kerak oʻzi unchalik tshuna olamadim.

Artur- Sababi oddiy ehtiyot choralari uchun.

Mirinda- nima siz ulardan ham ehtiyot boʻlmoqchimisiz. Bu biroz gʻalati.

Artur- bu dunyoda hech kimga ishonch yoʻq. Shu jumladan men Rinadan boshqa hech kimga toʻliq ishonmayman. Hattoki senga ham. Shuning uchun sen ham ehtiyot degan tushunchani oʻzingda rivojlantir.

Mirinda- Tshunarli eslab qoldim! Deya soʻzlarni yakunladi. Uyni esa mutlaqo zimistonlik jim jitlik egallab oldi. Bu esa biroz noqulay edi. Shunda eshik ochilib uyga Rina kirib keldi. Men uydaman!

Artur- Rina va Mirinda sizlarda juda muhim gapim bor. Arturning soʻzlari birdan jiddiy tus oldi.

Stul atrofiga yegʻilgan jamoa. Artur soʻzlarini koʻrishayotgan edilar.

Artur- ancha jiddiy ohangda. Biz hech qachon bu dunyoda urush davrida. Texnologik inqilob boʻlishiga olib kela olmaymiz. Bu juda yomon voqealarni oʻzi bilan yetaklab keladi. Misol uchun bizni dunyo. Shu sababli ham biz biroz oddiy ammo hali asos solinmagan qurollar ixtiro qilamiz va ularni sehrga mostlashtiramiz. Kim bunga rozi. Savol boʻlishi mumkin hoʻsh qanday.

Buni yoʻlini ham topdim. Hullas men yer toʻlada oʻz kuchlarim orqali tepaga sezdirmagan holda. Bunker quraman va bundan faqat juda muhim va haddan tashqari ishonchli odamlargina habardor boʻladi holos.

Bunkerga esa qamalgan yoki qulga aylangan balkim quvgʻin qilingan. Olimlarni topib jalb qilamiz. Men oʻz dunyoimdagi bilimlardan kelib chiqib shuni ayta olamanki. Urushda qurol savdosidan zoʻrroq tez boyish usuli yoʻq. Demak men shuni qilaman siz esa buni tashqaridan berkitishga va oʻta muhim olimlarni topish va koʻndirishga yordam berasiz. Kelishdikmi?

Mirinda- biroz oldin menga ishonmayman demadingizmi janob Artur?

Artur- men toʻliq dedim. Men senga ishonaman ammo toʻliq emas. Demak bu toʻliq boʻlmagan ishonch yetarli boʻladi.

Ammo shuni bilib turing bu reja juda havfli va keng koʻlamli boʻladi. Shu uchun bu sayoz rejaga toʻsatdan kelajakda oʻzgarishlar kiritishim mumkin. Shunga eʼtiborli boʻling.

Bu vaqtda Hirmust oʻz tarafdorlarni yegʻib oʻz uyida majlis qilayotgan edi.

Janob Hirmust biz bunga ortiq chiday olmaymiz. Tezroq oʻsha yosh bolani yoʻlimizdan olib tashlash kerak. Agar buni tezroq qilmasak u bizga qarshi qoʻshin toʻplay boshlaydi.

Hirmust- kulib va qoʻllarini jogʻ qismiga qoʻyib. Havotir olmang mendagi mukammal reja. Yaqinda boshlanadi juda oz fursat qoldi janoblar!

Hirmust uyi juda ulkan va hashamatli. Ammo uyning ikkinchi qavati doimo pardalar bilan toʻsilgan boʻladi.

Ular menga qarshi rejalarni shu 2-qavatda qilishlariga ishonchim komil.

Va yana bir narsa Hirmust yotogʻida oʻta havfni fayllar saqlaydi deb habar berdi. Razvedka hodimarim. Agar senga olimlar boʻyicha fayllar kerak boʻlsa ainan Hirmust yotogʻidan topishing mumkin boʻladi. Dedim derazadan Hirmust uyini kuzatayotgan Alexiya Arturga.

Artur tshunarli katta rahmat. Unday boʻlsa men kettim.

Ertasi kun Tong. Toʻsatdan 3ta uy portlab ketdi. Ammo oddiy tarzda emas huddi uylar ichida 10lae portlovchi rudalar bor va ular ataylab portlatilgandek portladi.

Uy derazalari olingan otildi va uy ichlariga chang toʻlib devorlar agʻdarila boshladi. Uy tashqarisidagi odamlar portlash ovozidan keyinoq uy oldidan vahima va qichqiriqlar bilan qochishni boshladi. Shoʻvqin kuchaya boshladi. Va hattoki Alexiyani ham uygʻotib deraza oldiga olib keldi.

Va umuman kutilmagan ish boʻlib ketdi. Osmonda toʻsatdan juda ulkan Manitir paydo boʻldi va Manitorda esa.

Hirmust bor edi.

Hirmust- odamlar meni juda yaxshi taniysiz men Hirmustman. Men sizlarning ozodlik kalitingiz va mustaqilligingizman. Ammo bunga zolim va aqilsiz Alexiya va uning otasi qarshilik qiladi. Lekin siz havotir olmang. Men sizlarni ularning qoʻlidan albatta qutqaraman. Hozir mening 3-koʻngillilar kuchlarim Brons markaziy shahrini oʻrab. Qurshovga olgan va yaqin orada. Biz mustaqil boʻlamiz. Men vaʼda beramanmi sizni yoʻvuz va makkor Alexiya qoʻlidan albatta qutqaraman. Shu soʻzlar bilan manitor gʻoyib boʻldi. Hirmust esa bu vaqt allaqachon uyidan tashqariga oʻz ittifoqchilari bilan chiqib ketib boʻlgan edi.

Va shaharni tezlikda ikki taraf kuchli toʻldira boshladi. Biri 3-koʻngillilar kuchlari boʻlsa. 2- Alexiya Reyn imperiyasi askarlari edi. Agar mutlaqo son va sifat borasida gap ketsa Hirmust hech qachon Alexiya kuchlarini yenga olmaydi. Chunki raqamlarda farq bor.

Alexiya kuchlari-5000+

Hirmust kuchlari-4000+

Ammo bu yerda har biri 5000askardan ortiq kucha ega boʻlgan odamlar bor edi.

Shunda Hirmust uyining tomida turgan Megumi- Orangi seni navbating dedi. Va Orange tepadan pastga sakradi.

Orange- boʻyi va gavdasi Gakerunikidan sezilarli darajada uzun va yaxshi ammo boʻyi Oq Ritsornikidan past.

Qoʻllaida tigʻli temir asboblar bor. Yuzi ham qonga tashna insonga oʻxshaydi.

Orange- tezlikda pastga sakradi va uy atrofidagilarni biri ketib oʻldira boshladi.

Bu vaqtda Asosiy darvoza ochilib Hirmustning tashqarida qolgan kuchlari ichkariga kirib kela boshladi.

Alexiya esa vaziyatdan biroz gʻalati boʻlgan ammo atrofidagilarning tezkor harakatlari kuch berib. Oʻzini oʻnglab askarlari bilan tashqariga chiqayotgan edi. Alexiya askarlari tezlikda toʻplana boshladi.

Uylarda odamlar habarni eshitib oʻz uylarini berkitib olishga yoki tashqariga qochib chiqishgan edi. Meni ham uyim portlamasin deb. Aholining bir qismi koʻchada boʻlgani uchun askarlarni toʻplanishiga bu halaqit bera boshladi.

Qoʻshin safiga tezlikda Legend kelib qoʻshildi. Va biroz vaqt ham oʻtmay Lina ham. Gakeru esa allaqachon jang boshlanayotgan tomonga qarab ketayotgan edi.

Ammo negadur Artur va Rinadan hali ham habar yoʻq edi.

Atrof juda ham chang va tutunga toʻla boshladi. Odamlardagi vahima ham oddiy emas. Shahar kechagina Reyn imperiyasining eng tinch 5shahridan biri edi. Ammo hozir esa qoʻzgʻalon boshlanib ketgan.

Brons- markaziy shtab. Askarlarning bir qismini biz himoya qilinishi kerak boʻlgan. Markaziy devorga yuborish kerak. U yerda askarlar yetishmovchiligi boshlangan.

Ammo janob 1-General. Allaqachon Hirmust kuchlari Brons shahri ichida. Ularga ichkaridan zarba berish va tashqariga haydash eng yaxshi yoʻlku. Agar hozir kuchlarning bir qismini darvoza himoyasiga yuborsak. Ammo ichkaridagi urushda biz magʻlub boʻlsak. Unda vaziyat juda ham yomon tus oladi. Oʻz shahrimizda oʻzimiz qurshovoda qolamiz.

General- nima sen kimsan Generalga qarshi chiqyabsanmi oʻz oʻrningni unutma! Sen oddiy kotibsan holos. Va mening oldimda hech kimsan. General juda gʻazab bilan gapirayotgan va nimadandir ozroq qoʻrqayotgan edi. Gaplarining tezligidan esa u tezroq oʻta muhim kengashni tark etishni reja qilayotgani. Shunday bilinib turgan edi. Shunda Alexiya kotibaga imlab. Past ovozda nima deb oʻylaysan General xiyonat qilish ehtimoli nechi foiz deya gapirdi. Bu gap biroz ehtiyotkorlik talab qilishi tufayli. Kotiba keyinroq degandek qoʻli bilan imladi.

Shunda Alexiya tezkor tarzda. Mayli kengash yopildi barcha ishga deya buyruq berdi.

Suhbatdan soʻng biroz kotiba atrofni yegʻishtira boshladi. Xonada Alexiya va kotiba qolganligi hisobiga. Alexiya yana savolni takrorladi. Ammo bu safar ancha dona dona qilib. Alexiya- nima deb oʻylaysan General xiyonat qilish ehtimoli nechi foiz! Gʻapi bu safar ancha qattiq va. Tajovuzli chiqdi. Kotiba atrofni yegʻishtirar ekan. Bu borada tezkor oʻylash qiyin. Ammo mening fikrimcha bu 80foizdan baland. Yoki 90foiz ham boʻlishi mumkin.

Alexiya- nima boʻlishi mumkin emas. Ahir qanaqasiga!

Kotiba- Alexiyaxonim General Hirmustning eng yaqin ittifoqchilaridan biri edi. Ayniqsa razvedka kuchlari maʼlumotlariga koʻra. General Hirmust bilan bir necha bor yashirin uchrashuv uyushtirgan. Lekin agarda siz hozir Generalni yoʻq qilish haqida oʻylasangiz. Bu askarlarni ruhiyati tushib ketishiga olib keladi. Va agar General ham qoʻzgʻolonga qoʻshilsa. Unda vaziyat juda yomon tus oladi. Chunki askarlarning deyarli yarmi Generalga soʻzsiz boʻysunadi. Shu sababli ham bu yerda oʻta ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak.

Alexiya- jin ursin boʻlishi mumkin emas. Ahir u otamga yaqin shaxslardan ku. Agar men hozir otamni chaqirsam. Unda vaziyat faqat yomonlashadi. Kelajakda bundan foydalanib meni hali boshqaruvga tayyor emas degan baxona orqali. Meni siyosatdan chetlatishlari mumkin.

Bu vaqtda. Orange qirgʻinni davom ettirayotgan edi. u yoʻlidan chiqgan qarilarni osonlik bilan ezib tashlayotgan edi. Havo sekin astalik bilan soʻvushni boshladi. Atrofdagilar uchun bu yana bir muammo edi.

Orange raqiblarni ezib tashlab zerika boshladi. Chunki uning oldidan biroz uzoqroq qarshilik qila oladigan raqib chiqmayotgan edi. Shunda Orange tor koʻchadagi uylardan biridan yuqori manani his qila boshladi. Orange- sekin kulib- qiziq qiziq. Bu uyda kim bor ekan hoʻsh!

Orange oʻldirgan jasadlari ustidan oʻtar ekan u devor oldiga kelganida. Manani yanada kuchliroq seza boshladi. Oʻxoʻoʻoʻ deya Orange raqibni kuchli deb oʻyladi va devordan biroz uzoqlashib. Qoʻlini ortga tortdi. Orange qattiq zarba berish orqali devorni parchalab tashlashi mumkin edi.

Va shu onda orqadan tezlikda qilich zarbi kelib. Orange boshini kesib tashladi!

Bu Legend edi u qilichini zarbada davom ettirar ekan. Shu ondayoq qilichni oldinga qaratib raqibni yuragiga urdi. Va oldinga Orange tanasini oldinga itarib devorga yopishtirmoqchi edi. Legend oyogʻi oldiga yurganida yerda nimagadur qattiq turtildi. Gʻalati bu narsa unchalik ham qattiq emas va yumshoq ham emas. Unda nima deya jiddiy nigoh bilan yerga qaraganda esa.. Legend uzilib ketgan bosh va atrof toʻla qonni koʻrdi. Bu vaziyat juda qoʻrqinchli edi. Bir zumga Legend yuzini qoʻrquv qamrab oldi va u tez va be tartib nafas ola boshladi. Atrofdagi sukunat va qoʻshilayotgan ogʻriq va qichqiriq ovozlari. Legendni battar gʻalati qilib qoʻydi.

Nega? Nega? Nima uchun!!

Deya Legend qilichni ikki qoʻli bilan juda qattiq ushladi va Orange tanasiga birin ketib keskin tarzda zarba bera boshladi. Qilich zarbi gʻazab bilan yanada kuchaya boshladi. Nima uchun!?

Nima uchun!?

Ahir ular oddiy odam-ku! Ahir ularda qurol yoʻq-ku! Nega bunday qilding xaromi.

Legend Orange tanasiga tinimsiz zarba berib. Tanani chavaqlab tashladi. Va kuchi qolmagani sababli tizzalab oʻtirib qoldi. Qoʻlidan esa qilichi tushib ketdi. Qoʻli qon!

Qilichni shu darajada qattiq ushlagani sababli qoʻli qonay boshlagan edi. Yuzi esa hali ham tahlikada. Va oʻziga kelmagan. Tanasida bir tomchi ham kuchi qolmagani Legend. Nima uchun deyishga kuch topayotgan edi. Va shunda…

Ha deb tanamga uraverva. Ahir bu men uchun juda noqulay. Oʻzing oʻyla seni men bir chetda tanangga qilich suqib tursman va sen buni kuzatib tursang. Gʻalati boʻlsa kerak aaa.

Legend ovozni tezda tanida va tansi shu zahoti muzladi. Yuzini oʻgirganida esa!

Orange turar edi soppa sogʻ hech narsa qilmagan. Va hattoki birinchi tanasi ham yerda yotibdi u qayta tiklanmagan.

Orange- salom yigitcha, tanishganimdan hursandman bolakay!

More Chapters