Cherreads

Chapter 21 - Xizmatkor

Inson oʻz ruhi bilan sevadi va ruhi bilan kuyadi. Ammo barchasiga inson uchun 24soat ishlovchi yurakni ayblaydi.

Abduazim Abdupattoyev.

Leapold sekin koʻzlarini ocha boshladi. U tugmani bosganidan soʻng negadur uxlab qolgan edi.

Uygʻondingizmi Qirol Leapold!

Aaa kim. Kim bu deya koʻzlarini ochgan Leapold oldida bir ayol turar edi. Janob Leapold yumshoq ovoz bilan. Qirolim sizni yana uzoq uygʻotamanmi?

Leapold sekin oʻrnidan turdi. Uni oldida yarim kiyingan masalan va kalta jingalach sochli. Yuzi juda tinniq va yaxshi parvarish qilingan ayol turar edi. Leapold ayolni koʻrib nima deyishni ham bilmay qoldi. Ayol shu darajada chiroyli ediki uning xusni odamni hayratga solar edi. Va bu xusn Leapoldni ham chetlab oʻtmadi. Qonxoʻr inson ham ayol kishini xusni oldida vaqtincha boʻlsa ham oʻzini yoʻqotib qoʻygan edi.

Ammo keyin oʻziga kelgan Leapold oʻrnidan turdi va oldinga qarab borib balkondan qaradi. U bir shaxar bir qirollikni koʻrib turar edi. Leapold bundan unchalik ham hayratga tushmadi. U oʻz tanasiga yaxshilab qaradi. U yosh va chiroyli tanada uygʻongan edi bu hattoki Leapoldning yoshlikdagi tanasi ham emas u umuman boshqa inson tanasida uygʻongan edi. Ammo Leapold kravatda Leapoldning hatto harakatlaridan biroz hayron boʻlib turgan Ayolga qaradi. Va bundan sohibjamol uchun oʻz tanamdan ham vos kechib yuborish. Haa men buni qilaman deb oʻylamagan edim.

Mana qirolim barcha siz soʻragan hujjatlar.

Leapold- hmm demak barcha maʼlumotlar shu yerda toʻgʻrimi?

Ha shunday janob.

Leapold- unda yaxshi boʻshsan deya xujjatni koʻzdan kechira boshladi.

Leapold xujjatlarni koʻrar ekan u hozir turgan qirolligi haqida koʻproq maʼlumot topishga umid qilar edi.

Ammo faqat Leapold yangi tanada emas. Bu barcha aʼzolarda boʻlgan edi. Yangi shirin hayot va oʻzlari istagan yoʻl. Hoʻsh endi ularga yana nima kerak boʻlishi mumkin javob oddiy edi.

Epshteyn- jin ursin deya tishini gʻazab bilan qirchillatib. Nega meni barcha xizmatkorlarim qari insonlar!

More Chapters